date
views 3 193

Zelenskiy jurnalistlarga prezident administratsiyasidagi kabinetini ko‘rsatdi (video)

Zelenskiy jurnalistlarga prezident administratsiyasidagi kabinetini ko‘rsatdi (video)
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident administratsiyasidagi o‘zining ish kabineti bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.

Video avvalida mamlakat rahbarining matbuot kotibi Yuliya Mendel Zelenskiyning prezident spikerligiga nomzodlar bilan suhbatlashayotgan xonani ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng Zelenskiyning o‘zi paydo bo‘lib, jurnalistlar bilan salomlashgan va ularni o‘z kabinetiga taklif qilgan.

Ayrim kiyevliklar issiq suvsiz o‘tirganini ta’kidlagan jurnalistlar prezident administratsiyasida issiq suv bor yoki yo‘qligi bilan qizziqqan. Jo‘mrakni ochgan prezident bu yerda «sovuq suv» oqayotganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Zelenskiy prezident administratsiyasi binosidan boshqa joyga ko‘chmasa aqldan ozib qolishini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy jurnalistlarga prezident administratsiyasidagi kabinetini ko‘rsatdi (video)