date
views 3 091

Atambayev: "Mening sha’nimga ayblovlar QR prezidentining o‘z opponentini yo‘q qilishga qaratilgan"

Atambayev: "Mening sha’nimga ayblovlar QR prezidentining o‘z opponentini yo‘q qilishga qaratilgan"
Sobiq prezident Almazbek Atambayev o‘z sha’niga parlament tomonidan qo‘yilayotgan ayblovlarni xuquqiy asosga ega bo‘lmagan «absurd» dedi. QSDP murojaatni e’lon qildi.

Unda sobiq prezident bayonot berar ekan, ayblovlar amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekovning «o‘z siyosiy opponentini yo‘q qilishga» qaratilganini ma’lum qilgan.

«Sooronbay Jeenbekov meni jim bo‘lishga majburlovchi boshqa yo‘l topa olmadi, u qonunga zid ravishda o‘ylab topilgan soxta ayblovlar qo‘ymoqda. Ammo, bir yildan beri eng iflos usullarni, eng iflos siyosatni, eng iflos mish-mishlarni qo‘llayotgan bo‘lishiga qaramay uning qo‘lidan hech narsa kelmaydi», — deya ta’kidlaydi sobiq prezident.

Atambayev “o‘zining pok nomi”ga hujum qilayotgan Jog‘orku Keneshning deputatlari ismi sharifi va obro‘siga bir nazar tashlashni taklif qildi.

«Mening xaqligimning yaqqol isboti sifatida aytamanki, ular Jeenbekovlar oilasiga yaxshi ko‘rinish uchun shoshma-shosharlik va qo‘rqoqlarcha Konstitutsiyani buzishdi, boshqa qonunlarni inkor qilishdi, hujjatlarni yashirishdi, parlament minbaridan turib qip-qizil yolg‘onni aytishdi. Ularning ko‘pchiligi Aprel inqilobidan so‘ng ko‘plab imtiyozlardan, o‘g‘irlangan mulklardan, oziqlanib turuvchi manbadan mahrum bo‘lganliklari uchun ham qasd olish maqsadida Atambayevga og‘riqli zarba berishga qaror qilishgan», — deydi u.

Sobiq prezident “haqiqatan ham odamlarni tanlashda xato” qilganligini tan oldi. Uning so‘zlariga qaraganda, «Xudo va xalq oldida gunohkor emas» ekan. «Hech qachon ma’suliyatdan qo‘rqmaganman va prezident lavozimida qabul qilingan har bir qaror uchun javob beraman», — deya ta’kidladi Atambayev.

Jog‘orku Kenesh 20 iyun kuni ayblov qo‘yish maqsadida sobiq prezident Almazbek Atambayevdan daxlsizlik maqomini olib tashlash borasida deputatlar komissiyasining xulosasini qo‘llab-quvvatladi. «Ha» uchun 100 deputat ovoz berdi, besh deputat «qarshi» chiqdi. Ro‘yxatdan hammasi bo‘lib 105 deputat o‘tgan edi.

Parlament qarori endilikda Bosh prokuraturaga yuboriladi va berilgan bahodan keyin parlament Atambayevdan daxlsizlik maqomini bekor qilishi mumikin.

Komissiya Almazbek Atambayevga qarshi 9 ta ayblov qo‘ydi, ammo muhokamalardan so‘ng 6 tasini qoldirdi, 3 tasi Atambayevning prezidentlik muddatiga taalluqli emas edi.

Qisqacha komissiya ayblovi haqida: deputatlar, sudlar, jamoat arboblari va OAVni ta’qib qilish, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevni qonunga zid ravishda ozod qilish, qonunga zid ravishda Qoy Tosh qishlog‘ida uchastkaga ega bo‘lish, bu yerga Atambayev uy qurgan, «Aka Petroleum» va «AKA Invest» kompaniyalariga ehtimoliy bog‘liqlik, Bishkek IEM modernizatsiyasida korrupsiya, Bishkek IEMga ko‘mir yetkazib berilishida qonunga zid ravishda ehtimoliy aloqasi borligi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atambayev: "Mening sha’nimga ayblovlar QR prezidentining o‘z opponentini yo‘q qilishga qaratilgan"