
BMT sayyoramizdagi qochoqlar soni rekord daraja 70 million nafardan ortib ketganini ma’lum qildi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning oxiriga kelib, dunyodagi qochoqlar soni ikki million 300 ming kishiga ko‘payib, 70 million 800 ming nafarga borib yetgani ma’lum qildi. Bu ikkinchi Jahon urushi davridan buyon eng yirik ko‘rsatkichdir. BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari ma’lumotiga ko‘ra, 26 millionga yaqin kishi boshqa davlatlarga qochib o‘tgan.
Qochoqlarning uchdan ikki qismi Suriya, Afg‘oniston, Janubiy Sudan, Myanma va Somali davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Urushlar va taqiblar tufayli bu yerdagi aholi o‘z uy- joylarni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lishgan. Eng achinarlisi, qochoqlarning teng yarmini voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Muhojirlarning eng katta oqimi – 3 million 700 ming kishini Turkiya qabul qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar