08:45 / 26.06.2019
2 814

Buyuk Britaniyada 222 kilogrammlik ayol o‘z dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi

Buyuk Britaniyada 222 kilogrammlik ayol o‘z dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi
Foto: 5STAR
Buyuk Britaniyaning Nottingemshir grafligidagi Nyuark-on-Trent shahrida yashovchi ayol ovqatga qaramlik tufayli hayotiga xavf soluvchi vaznga yetdi. The Sun’ning yozishicha, u Eating Ourselves To Death hujjatli filmi qahramoni bo‘ldi.

Elis Yang (Alice Young) ismli 34 yoshli ayol yoshligidan ovqatga qaramlikdan aziyat chekib kelganini tan olgan. O‘sha paytlardayoq yosh qiz kunlik pullarini kaloriyali zararli ovqatlarga sarflagan va atrofdagilardan yashirincha yegan. Oqibatda bugungi kunga kelib uning vazni 222 kilogrammga yetgan.

Foto: 5STAR
Shunga qaramay, britaniyalik ayolning Mark Frankish (Mark Frankish) ismli umr yo‘ldoshi bor va undan ikki nafar sog‘lom farzand ko‘rgan. Ayol o‘z farzandlariga sog‘lom ovqatlanish tarziga mehr uyg‘otishga harakat qilib kelmoqda.

«Bolalarim bilan kechki taomga tovuq va savbazvotlar yeyishim mumkin. Lekin ular uxlashi bilan qolgan ovqatlar va boshqa taomlarga tashlanib, ishtaha bilan yeyman», —deydi ayol.

Yangning aytishicha, unda ovqatga qaramlik mavjud bo‘lib, uni yengishga kuchi yetmayapti. Semizlik tufayli ayolning sog‘lig‘ida muammolar yuzaga kelgan.

«Men o‘z dafn marosimimga tayyorgarlik ko‘rib qo‘yganman. Vasiyatimni yozib, dafn musiqasini ham tanlaganman. Balki 40 yoshgacha yasharman, hammasi o‘zimga bog‘liq», — deydi ayol.

Elis Yang turmush o‘rtog‘ining qistovi bilan yordam so‘rab kasalxonaga murojaat qilgan. Hujjatli film doirasida Yang mutaxassislar maslahatini olgan. «Men nafat o‘z hayotimni, balki farzandlarim hayotini ham xavf ostiga qo‘yayotganimni tushunib yetdim», — deb o‘z so‘zlarini yakunlagan ayol.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada 222 kilogrammlik ayol o‘z dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi