Nursulton opera teatri truppasi Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyevga bag‘ishlangan operani bosim ostida repetitsiya qilmoqda.
«Yaratganning irodasini bajarish uchun Yerga yuborilgan» va «Yo‘q, u na xudo, na avliyo, na poshsho, u birinchi prezident va yetakchi» satrlari bo‘lgan musiqiy asarni ijro etishni xohlamagan artistlarga ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilishgan.
Qozoq jurnalisti Asem Japisheva o‘zining Facebook sahifasida xabar berishicha, pesa elboshi rahnamoligida Qozog‘istonda barcha jabhalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni tarannum etishga bag‘ishlangan. «Quyosh yoritgan yo‘l» asarida kuylanishicha, Nursulton Nazarboyev mustaqil Qozog‘istonning tashkil topishi va taraqqiy etishiga bosh-qosh bo‘lishi uchun Yaratgan tomonidan yuborilgan.
Asar muallifi, 20 yashar kompozitor Rohatbiy Abdisag‘in qozoq parlamenti deputatining o‘g‘lidir. May oyida u ikki soatlik «Quyosh yoritgan yo‘l» operasini Nursulton Nazarboyevga taqdim etgan edi.
Hozir «Ostona opera»da repetitsiyalar qizg‘in davom etmoqda. Opera Poytaxt kuni tantanalari doirasida namoyish qilinishi aytilayapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat