10:17 / 27.06.2019
4 729

«Eronlik Messi» 23 ayolni yo‘ldan urishda ayblanmoqda

«Eronlik Messi» 23 ayolni yo‘ldan urishda ayblanmoqda
Foto: «AP»
Eronlik Rizo Parastesh «Barselona» futbolchisi Lionel Messiga o‘xshash qiyofasidan foydalanib 23 ayolni yo‘ldan urishda ayblanmoqda.

«Eronlik Messi» sifatida tanilgan Parastesh argentinalik hujumchiga o‘xshash qiyofasi bilan tanilib ketgan edi. Xabar qilinishicha, unga qarshi 23 nafar ayol shikoyat bilan sudga murojaat qilgan. Rizo Parasteshning o‘zi bu shikoyatlar tuhmat ekanini aytmoqda.

Parastesh «Barselona» libosida tushgan rasmini 2017 yilda sport saytlaridan biriga yuborgan edi. Shundan so‘ng uni intervyularga chaqira boshladilar va model sifatida shartnoma ham taklif etilgan. O‘sha yilning may oyida Parastesh bilan rasmga tushishni istaganlar ko‘pligidan ko‘chada qatnov qiyinlashib ketgan.

Shundan so‘ng politsiya «Eronlik Messi»ni vaqtincha qo‘lga olishga majbur bo‘lgan. Shuningdek ko‘cha harakatini qayta tiklash uchun uning avtomobili ham vaqtincha olib qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Eronlik Messi» 23 ayolni yo‘ldan urishda ayblanmoqda