date

Tramp Putindan Amerikadagi saylovlarga aralashmaslikni so‘radi

Tramp Putindan Amerikadagi saylovlarga aralashmaslikni so‘radi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tayotgan G20 sammiti doirasida o‘tkazilgan uchrashuvi yakunlandi.

Suhbar bir yarim soatdan ortiq vaqt davom etgan. Xabar qilinishicha, siyosatchilar Eron, Ukraina, Suriya, Venesuela masalalarini muhokama qilishgan. Oq uydagilarning qayd etishicha, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishidan butun dunyo manfaatdorligi qayd etilgan.

Qurol ustidan nazorat mavzusi ko‘tarilgan vaqtda amerikaliklar prezidenti bu muzokaralarga Xitoyni ham qo‘shish zarurligini qayd etgan.
Uchrashuv boshida Donald Tramp tabassum bilan Putindan Amerikadagi saylovlarga aralashmaslikni so‘radi.

U matbuot vakillari savollariga javob berish asnosida ikki marta Putinga o‘girilib shunday degan: «Iltimos, saylovlarga aralashmang».
Bundan avvalroq, ikki yetakchi G20 sammiti ochilish marosimida qisqa suhbat qurgani xabar qiligandi.

«Katta yettilik» davlatlari sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28 iyundan 29 iyungacha bo‘lib o‘tmoqda. Unda jahon iqtisodiyotidagi eng yirik 20 davlat vakillari ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin va Donald Trampning to‘liq formatdagi ilk uchrashuvi 2018 yilning 16 iyulida Xelsinki shahrida o‘tkazilgandi. O‘shanda prezidentlar qariyb to‘rt soat davomida muzokara o‘tkazishgandi. Yakunda tomonlar muzokara natijalaridan qoniqish hosil qilishganini bildirishgandi.

Ma’lumot uchun, AQShdagi keyingi prezidentlik saylovlari 2020 yilning 3 noyabrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Tramp 2017 yilning yanvarida ikkinchi muddat uchun ham nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgandi. U biroz avvalroq navbatdagi prezidentlik kampaniyasini boshladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Putindan Amerikadagi saylovlarga aralashmaslikni so‘radi