date
views 3 305

Putin AQSh bilan raketa shartnomasini to‘xtatish haqidagi qonunni imzoladi

Putin AQSh bilan raketa shartnomasini to‘xtatish haqidagi qonunni imzoladi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sobiq ittifoq va AQSh o‘rtasidagi o‘rta va kichik masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilishini to‘xtatish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu qonun loyihasi Davlat dumasiga prezident Vladimir Putin tomonidan kiritilgan edi.
Qonunga muvofiq, davlat rahbariga shartnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida qaror qabul qilish huquqi taqdim etiladi.

AQSh o‘rta va kichik masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan bir tomonlama tartibda chiqishi haqida 2019 yil boshida e’lon qilgan edi. Bunga javoban, Rossiya ham o‘zining ushbu shartnomadagi ishtirokini to‘xtatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin AQSh bilan raketa shartnomasini to‘xtatish haqidagi qonunni imzoladi