12:30 / 06.07.2019
3 241

Xitoyda erkaklarga ochiq badan bilan yurish taqiqlandi

Xitoyda erkaklarga ochiq badan bilan yurish taqiqlandi
Xitoyning Szinan shahrida erkaklarga ochiq badan bilan yurish taqiqlandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Shahar rahbariyati erkaklarning yarim yalang‘och yurish odatiga chek qo‘yishga qaror qildi, chunki bu “shahar imijiga putur yetkazadi”.

Xitoyliklar orasida erkaklarning bunday yurishi “Pekincha bikini” deb ham ataladi. Yozda bunday yarim yalang‘och erkaklarni jamoat joylari, restoran, plyaj, bog‘ va avtobuslarda ko‘plab uchratish mumkin.

2 iyunda shahar rahbariyati aholi jamoat joylarida kiyimda yurishi va o‘zini “madaniyatsiz tutishni”, jumladan belgilanmagan joyga chiqindi tashlash va daryo hamda favvoralarda oyoqlarni yuvishni bas qilishi so‘ralgan ogohlantirish e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda erkaklarga ochiq badan bilan yurish taqiqlandi