
Qozog‘iston politsiyachilari Nur-Sulton va Olmaotadagi ruxsat etilmagan mitinglar qatnashchilaridan jarohat yetkazuvchi qurollar va tutunli shashkalar olib qo‘yildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
"Oltinchi iyul kuni Nur-Sulton va Olmaota shaharlarida ruxsat etilmagan mitinglarni o‘tkazishga harakat qilindi. Prokuraturaning bir necha marta ogohlantirishiga qaramasdan, ayrim fuqarolar taqiqlangan ekstremistik tashkilot da’vatlariga berilishdi",- deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayrim miting qatnashchilari jamoat xavfsizligiga tahdid solishgan va politsiya bo‘linmalariga keltirilgan. Ulardan jarohat yetkazuvchi qurollar va tutunli shashkalar olib qo‘yilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar