Foto: Manilla Coconuts
Filippinlik erkak baliq ovi vaqtida tasodifan tirik baliqni yutib yuborib, bug‘ilib o‘ldi, deb xabar beradi Daryo nashri.
Rojer Merselino ismli fuqaro Antikedagi uyi yaqinida 11 yoshli o‘g‘li bilan baliq oviga chiqqan. Erkak tasodifan tilapiya balig‘ini yutib yuborib, unga tiqilib qolgan. O‘g‘il otasidan uzoqda bo‘lganligi sabab sodir bo‘lgan voqeani ko‘rmagan.
Rojer suvdan chiqib uyiga yugurib kelgan va nafas ololmayotgani sabab xotinidan yordam so‘ragan. Er-xotin mustaqil ravishda baliqni chiqara olmagan, qutqaruvchilar esa telefondagi nosozlik sabab vaqtida yordamga yetib kelmagan. Shifoxonaga yetib borgunlariga qadar 49 yoshli erkak vafot etgan.
Marselinoning rafiqasini aytishicha, Rojerning ushlagan balig‘ini qochirib qo‘ymaslik uchun uni tishlab oladigan odati bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, baliq shu sabab uning tomog‘iga tiqilib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi