17:53 / 09.07.2019
3 806

Ukraina prezidenti Vladimir Putinni uchrashuvga taklif qildi (video)

Ukraina prezidenti Vladimir Putinni uchrashuvga taklif qildi (video)
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbariyatiga murojat qildi. U Vladimir Putinga Minskda uchrashishni taklif etdi. Bu haqda Darakchi nashri xabar berdi.

Ukraina prezidenti taklifiga ko‘ra, ushbu uchrashuv AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya vositachiligida bo‘lib o‘tishi lozim. “Men Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilmoqchiman. Gaplashib olishimiz kerakmi? Albatta. Keling, Qrim kimniki va Donbasda kimlar yo‘q, muhokama qilamiz”, - deya ta’kidladi Ukraina prezidenti o‘zining video murojaatida.

Zelenskiyning fikricha, muzokaralarda Rossiya va Ukraina davlati rahbarlari shuningdek, Donald Tramp, Tereza Mey, Angela Merkel va Emanuel Makronlar ishtirok etishi lozim. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Donbasdagi mojaroni bartaraf etish bo‘yicha yangicha formatdagi muzokaralarni o‘tkazish haqidagi taklifini o‘rganib chiqishini ta’kidladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidenti Vladimir Putinni uchrashuvga taklif qildi (video)