date

Yaponiyada bir bosh uzum 11 ming AQSh dollariga sotildi

Yaponiyada bir bosh uzum 11 ming AQSh dollariga sotildi
Foto: «Global.rakuten.com»
Isikava prefekturasida auksionda Yaponiyaning Ruby Roman navli uzumining bir boshi 11 ming dollarga (1,2 million Yapon iyenasi) sotildi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Sentyabr oxiriga kelib ushbu navdagi uzumning bir boshini 26 ming AQSh dollariga sotish kutilmoqda.

Ruby Roman («Rum yoquti») dunyoda eng qimmat uzum hisoblanadi.

Yaponiyalik olimlar 1994 yilda bu navli uzumni yetishtirdi, biroq ilk bor bu uzum 2008 yilda sotuvga tushdi. Bu uzum yirik, qizil-yoqut rangli meva, ta’mi juda shirin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada bir bosh uzum 11 ming AQSh dollariga sotildi