
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimini sotib olish haqidagi bitimni mamlakat tarixida eng muhim deb hisobladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Shu bilan birga, prezident zenit raketa tizimi harbiy harakatlar uchun emas, mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash maqsadida olinayotganini ta’kidlagan. Erdo‘g‘on, shuningdek, NATO Turkiya Rossiyaning raketa tizimini olganidan xursand bo‘lishi kerakligini, chunki alyans a’zosi va tashkilotning o‘zi ham kuchliroq bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
AQSh noroziliklariga qaramasdan, tizimning dastlabki partiyasi 12 iyul kuni Anqaraga yetkazilgan. Vashington Turkiyaga sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi, ammo keyinchalik ularni joriy qilishni kamida bir haftaga kechiktirdi.
Turkiya PrezidentiS-400 TizimiMamlakat TarixiHarbiy HarakatlarMilliy XavfsizlikNATO Alyansi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar