
“Miss Moskva-2015” g‘olibi Oksana Voyevodina Malayziya sobiq qiroli Muhammad V bilan ajrashgani haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
Model instagramda tegishli video rolik joylashtirdi.
“Faris doim menga va oilamizga g‘amxo‘rlik qiladi, men ham unga g‘amxo‘rlik qilaman. Albatta, men uning hayotida yolg‘iz bo‘lishni va umrim oxirigacha u bilan bo‘lishni xohlayman”, - dedi Voyevodina.
Videoda model turmush o‘rtog‘ini sevishini tan oladi.
“Oilada asosiysi – bolalar, chunki ular bizning merosimiz”, - deb qo‘shimcha qildi Muhammad V.
Bundan avval OAVlarda Malayziya sobiq qiroli Muhammad V rossiyalik, “Miss Moskva-2015” go‘zallik tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodina bilan ajrashgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ularda ajralish haqida hujjatlar Singapur sudiga 22 iyun kuni taqdim etilgani bayon etilgan.
Keyinchalik rossiyalik modelning advokati Yevgeniy Tarlo bu xabarni rad etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar