Donald Tramp Nyu-Jersida to‘y qilayotgan juftlikni tabriklagani keldi (video)

Donald Tramp Nyu-Jersida to‘y qilayotgan juftlikni tabriklagani keldi (video)
AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Jersida joylashgan Trump National Golf Club Bedminster’da o‘tkazilayotgan to‘y marosimiga tashrif buyurdi, deb xabar qiladi Daryo.uz.

Fox News nashrining yozishicha, AQSh prezidentining ixlosmandi bo‘lgan kelin-kuyov 2017 yilda golf-klubda nikohdan o‘tgan va Tramp o‘shanda ham ularning marosimiga kelgan.

Birinchi marosimga kelgan Tramp, albatta, ikkinchisiga ham tashrif buyurishini bildirgan va o‘z so‘zida turgan.

Tramp kelin-kuyovning oila a’zolari bilan suhbatlashib turganida, uning oldiga bir erkak kelib «Men otaman, otaman! Sizga katta rahmat!» deb baqirgan. Bunga Tramp «Ajoyib. Siz yaxshi ishladingiz», deya javob qaytargan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar