23:23 / 24.07.2019
2 536

Facebook 5 mlrd dollar jarimaga tortildi

Facebook 5 mlrd dollar jarimaga tortildi
AQSh federal savdo komissiyasi (Federal Trade Commission, FTC) foydalanuvchilar ma’lumotlari marketing maqsadlarida foydalanish uchun begona kompaniyaga berilgani uchun Facebook kompaniyasiga 5 mlrd dollar jarima soldi. Bu haqda komissiya saytida e’lon qilingan qarorda aytilmoqda.

"Facebook rekord miqdordagi 5 mlrd dollar jarima to‘laydi va uning korporativ tuzilmasiga nisbatan yangi cheklov va o‘zgartirishlar joriy etiladi, o‘z foydalanuvchilarining ma’lumotlarini saqlash borasida kompaniya zimmasiga mas’uliyat yuklatiladi", - deyiladi qarorda.

2018 yil martda The New York Times gazetasi hozirda yopilib ketgan Cambridge Analytica kompaniyasi ijtimoiy tarmoqning 87 mln foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritganini xabar qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Facebook 5 mlrd dollar jarimaga tortildi