Foto: Fotosdelanaturaleza.es
To‘qqiz yoshli bola Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Xeyuan jarligida 66 million yillik toshga aylangan 11 ta dinozavr tuxumlarini topdi. Bu haqda Sina portali ma’lumotiga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Unda aytilishicha, noyob topilma qoldiqlari jarlik hududidagi tuproqning kuchli suv toshqini sabab yuvilib ketishi natijasida topilgan. Har bir tuxumning diametri 9 santimetrni tashkil etadi. Avvaliga bola ularning biriga duch kelgan, keyin esa mahalliy muzey xodimlari bilan birga qo‘shimcha ishlar olib borilgan va yana 10 ta shunday tuxum topilgan.
«Bu qanday dinozavrga tegishli ekanligini aniqlash mushkul. Bunga aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha izlanish talab etiladi», — degan Xeyuan shahridagi Dinozavr muzeyining ilmiy bo‘lim boshlig‘i Xuan Chjitsin
Uning ta’kidlashicha, yaqin atrofda boshqa qimmatbaho topilmalar bo‘lishi mumkinligi sababli paleontologlar yaqin kunlarda qazish ishlarini olib boradi va bu joyni sinchkovlik bilan o‘rganadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi