Foto: “Zakon.kz”
Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida uchta yangi — oldini olish, yaxshilik va hamkorlik departamenti tashkil etildi. Bu haqda «Inbusiness.kz»ga asoslanib Daryo xabar berdi.
«Davlat rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha agentlikning nizomi va tuzilmasi tasdiqlandi. Yangi tuzilma korrupsiyaning oldini olish afzalligini aks ettiradi, shuning uchun ushbu yo‘nalishda uchta yangi departament tashkil etildi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu qaror rivojlangan mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashish organlari faoliyatini o‘rganish natijasida qabul qilingan.
Korrupsiyaning oldini olish departamenti antikorrupsion monitoring, korrupsion risk tahlili bilan shug‘ullanadi.
«Yaxshilik departamentining oldiga antikorrupsion dunyoqarashni shakllantirish vazifasi qo‘yildi», — deyiladi xabarda.
Hamkorlik departamenti esa jamoatchilik bilan aloqalar, OAV va xalqaro hamkorlik masalalariga javob beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin