Toliblar qachon hukumat bilan muzokara o‘tkazishini ma’lum qildi

"Tolibon" harakati mamlakatdan xorij qo‘shinlari chiqib ketishi e’lon qilinmagunicha Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazmoqchi emas. Bu haqda toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shahinga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
"Afg‘onlararo muzokaralar faqatgina Afg‘onistondan xorij qo‘shinlari chiqib ketishi e’lon qilinganida boshlanadi", - dedi Shahin.
Avvalroq Afg‘onistonning tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Abdul Salom Rahimiy yaqin ikki hafta ichida "Tolibon" harakati a’zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishini ma’lum qilgandi.
Afg‘onistondagi qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida tinchlik muloqotini o‘rnatish masalasi turli maydonlarda muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajadagi ana shunday uchrashuvda ilk bor toliblarning Dohadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi ishtirok etdi.
Manba: Kun.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Afg‘onlararo muzokaralar faqatgina Afg‘onistondan xorij qo‘shinlari chiqib ketishi e’lon qilinganida boshlanadi", - dedi Shahin.
Avvalroq Afg‘onistonning tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Abdul Salom Rahimiy yaqin ikki hafta ichida "Tolibon" harakati a’zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishini ma’lum qilgandi.
Afg‘onistondagi qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida tinchlik muloqotini o‘rnatish masalasi turli maydonlarda muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajadagi ana shunday uchrashuvda ilk bor toliblarning Dohadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi ishtirok etdi.
Manba: Kun.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…