
Internetda yirik Komodo echkiemari Indoneziya o‘rmonlarida maymunni butunligicha yutib yuborayotgani aks etgan video tarqaldi, deb yozmoqda «MK.ru»ga tayanib Daryo nashri.
Videoda echkiemar maymunni bor-yo‘g‘i bir necha marta urunib yutib yuborganini ko‘rish mumkin. Hatto dumi ham bir zumda g‘oyib bo‘lgan va reptiliya tishlarini ko‘rsatgan.
Ma’lumki, Komodo echkiemari yirtqich hayvon bo‘lib, o‘z o‘lchamidan 80 foizgacha katta bo‘lgan o‘ljani yutishga qodir. Uning zahri yirik hayvonlarni ham falaj qilishi mumkin. Ba’zan odamlar ham uning qurboni bo‘ladi. Oxirgi marta shunday holat 2009 yilda qayd etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar