Amerikaning The Walt Disney Company kompaniyasi kassa yig‘imlari bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.
Variety nashrining xabar berishicha, bu yil The Walt Disney Company filmlari jahon prokatida allaqachon 7,67 milliard dollar yig‘di. Kompaniya o‘zining 2016 yildagi 7,61 milliard dollarlik rekordini yangiladi.
Eng muvaffaqiyatli filmlar "Qasoskorlar: Intiho" (2,79 milliard), "Kapitan Marvel" (1,1 milliard), "Olovuddin" (1 milliard) hamda "Qirol sher" (962 million) bo‘ldi.
Bundan tashqari, yil oxiriga qadar "Muz qalb 2", "Malefisenta: Zulmat hukmdori" va "Samoviy urushlar: Skayuoker. Kun chiqishi" kartinalari ekranlarga chiqadi.
Avvalroq "Qasoskorlar: Intiho" filmi keyingi o‘n yildan buyon birinchilikni bermay kelayotgan "Avatar" filmini ortda qoldirib jahon rekordi o‘rnatganligi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi