
Foto: BelTA
Minsk shahrida Alisher Navoiy byusti ochildi. Bu haqda «Podrobno.uz» nashri ma’lum qilmoqda.
Yodgorlik belaruslik yosh haykaltarosh Maksim Makarevich eskizi asosida yaratilgan.
«Ushbu yodgorlikning ochilishi yorug‘ va tantanali hodisa. Chunki Navoiy nafaqat ulug‘ shoir, balki buyuk insonparvar ham bo‘lgan. U qoldirgan asarlar insoniyat merosiga aylangan», — dedi Belarus senati raisining o‘rinbosari Marianna Shetkina.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31 iyul—1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Alisher NavoiyMinsk shahridaYodgorlik ochilishiBelarus senatiO‘zbekiston bosh vaziriShavkat Mirziyoyev O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar