19:04 / 30.07.2019
2 552

Malayziyada mamlakatning yangi hukmdoriga toj kiydirildi

Malayziyada mamlakatning yangi hukmdoriga toj kiydirildi
Kuala-Lumpurdagi qirollik qarorgohida Malayziyaning oliy hukmdori Abdulla Riayyatuddin Al-Mustafi Billahga toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bernama agentligi xabar berdi.

Qirol o‘z nutqida irqi va diniy mansubligidan qat’i nazar Malayziyaning barcha fuqarolari birdamligi uchun bor kuchini ayamasligini bildirdi.
"Men insonlar farovonligini hamma narsadan yuqori qo‘yaman", - ta’kidladi qirol.

31 yanvarda Abdulla Riayyatuddin Al-Mustafi Billah Malayziya qiroli sifatida qasamyod qilgandi. U rossiyalik Oksana Voyevodinaga uylanishini ma’qullamagan hukmdorlar kengashi bosimi ostida taxtni tark etishga majbur bo‘lgan qirol Muhammad V o‘rniga taxtga o‘tirgan.

Malayziya oliy hukmdori hukumat yoki parlament tavsiyalaridan kelib chiqib qaror qabul qiladi, parlament qabul qilgan qonunlarni, bosh vazir va oliy sud tarkibini tasdiqlaydi, afv etish huquqiga ega va qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni hisoblanadi.

Qirol hukmdorlar kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi, kengash tarkibiga mamlakatdagi 13 shtatdan to‘qqiztasining merosxo‘r sultoni kiradi. Malayziya qiroli ketma-ket ikkinchi marta saylanmaslik huquqi bilan besh yilga taxtga o‘tiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyada mamlakatning yangi hukmdoriga toj kiydirildi