Audi avtokonsernining sobiq rahbari Rupert Shtadlerga tovlamachilik, sertifikatlarni soxtalashtirish va reklamada yolg‘on ma’lumotlarni berish ayblovi qo‘yildi. Bu haqda Myunxen prokuraturasiga ma’lum qildi.
Shtadlerga shuningdek, Audi konserni dizel motorlari bilan bog‘liq dasturiy ta’minotni soxtalashtirish fakti aniqlanganidan keyin ham "manipulyatsiya qilingan avtomobillar"ni sotishni davom ettirish ayblovi qo‘yilmoqda.
Aniqlanishicha, konsern rahbari bu firibgarlik haqida 2015 yil sentyabrida bilgan, ammo Audi va Volkswagen avtomobillarini sotishni davom ettirishga buyruq bergan yoki ularning sotilishiga to‘sqinlik qilmagan.
Shtadlerdan tashqari, kompaniyaning yana uch nafar xodimiga ayblov e’lon qilingan. Ular noqonuniy dasturiy ta’minot o‘rnatilgan elektron boshqaruv bloki bilan jihozlangan Audi, Volkswagen va Porsche avtomobillari uchun dizel dvigatellari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishgan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, bu dvigatellar 250 mingdan ortiq Audi, 72 mingta Volkswagen va 112 mingta Porsche avtomobillariga o‘rnatilgan.
"Dizel mojarosi" 2015 yilda boshlangan bo‘lib AQSh hukumati Volkswagen konserni dizel dvigatellaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdori haqidagi ma’lumotlarni ataylabdan kamaytirib ko‘rsatganligini aniqlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?