Hindiston parlamentining yuqori palatasi musulmon erkaklarning xotinlariga “uch taloqsan” deyishini taqiqlovchi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda “Yevronyus”ga tayanib Azon.uz xabar bermoqda.
Ushbu qonunni buzgan musulmonlar uch yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Adliya vaziri Ravi Shankar Prasadning ma’lum qilishicha, qonun loyihasi uchun 99 deputat ovoz berdi, 88 nafari qarshi chiqdi. Ko‘plab deputatlar betaraf qolishni ma’qul ko‘rdi. Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi mazkur qonun loyihasining qabul qilinishini “gender adolatining g‘alabasi” deb atadi. Parlamentning quyi palatasi bu qonunni o‘tgan yili tasdiqlagan edi.
Muxolifatdagi “Umumhindiston musulmon koalitsiyasi” esa yangi qonunni tanqid qilib, bunday qaror hukumat tomonidan emas, musulmon yetakchilari tomonidan qabul qilinishi kerakligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni