Foto: Focus.ua
Yaponiyada 2 avgust kuni mamlakat adliya vaziri buyrug‘iga ko‘ra ikki nafar jazoga hukm etilgan jinoyatchi dorga osildi, deb xabar bermoqda «TASS». Hozircha jinoyatchilarning ismi va ular bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.
Bu bosh vazir Sindzo Abe amaldagi hukumati davrida ijro etilgan 38-o‘lim hukmidir. O‘tgan yili, 13 nafar jangari va «Aum Sinrikyo» ekstremistik oqim yetakchilari, shu jumladan uning asoschisi Tidzuo Matsumoto dorga osilgan edi. Ular bir qator qotilliklarni tashkillashtirgani, shu jumladan 1995 yilning mart oyida 13 kishi halok bo‘lishiga olib kelgan Tokio metrosidagi gaz hujumini uyushtirgani uchun qatl etilgan.
Yaponiya advokatlar assotsiatsiyasi mamlakatda o‘lim jazosini bekor qilib, uni umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirishni talab qilmoqda. Qatl etish to‘g‘risidagi hukm mamlakat adliya vazirining yozma buyrug‘idan so‘ng amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!