
Foto: «Nur.kz»
Qozog‘iston «Dunyo erkagi-2019» erkaklar o‘rtasidagi xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etadi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Bu mamlakat uchun muhim voqelik hisoblanadi, sababi qariyb 10 yildan beri qozog‘istonlik erkaklar bunday tanlovlarda ishtirok etmayotgan edi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, xalqaro musobaqaning saralash bosqichida «Mister Kazakhstan-2019» e’tirofiga 30 nafar erkak da’vogarlik qilgan. Ushbu e’tirof nursultonlik 21 yoshli Odilbek Nurakayevga nasib etgan.
Odilbek 6—24 avgust kunlari Filippinning Manila shahrida bo‘ladi. Go‘zallik tanlovi aynan shu shaharda o‘tkaziladi.
Qozog‘istonDunyo ErkagiGo‘zallik TanloviNursultonOdilbek NurakayevMister Kazakhstan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar