
Italiya bosh vaziri o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri Matteo Salvini Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni buyuk prezident deb atadi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rim va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash ustida ish olib bormoqchi.
“Putin – buyuk prezident. Men buni shunday o‘ylaganim uchun aytyapman, ayrim gazetalar ta’kidlagandek menga pul to‘laganlari uchun emas”, - deya qayd etdi Matteo Salvini.
Shuningdek, Salvini AQSh prezidenti Donald Tramp, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban faoliyatini yuqori baholagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar