Norin viloyatida mahalliy aholi va oltin qazib olish ishlarini bajaruvchi Xitoyning Zhong Ji Mining Company kompaniyasi ishchilari o‘rtasida mojaro yuz berdi, deb xabar qildi Sputnik.
Qishloq aholisi Zhong Ji Mining kompaniyasi binosi oldida to‘plandi. Keyinchalik mahalliy aholi va kompaniya ishchilari bir-birlariga tosh otishni boshlashdi.
Viloyatning butun militsiya shaxsiy tarkibi trevoga bo‘yicha ko‘tarildi. Huquq tartibot organlaridagi manbaning ma’lumotiga ko‘ra, mojaro oqibatida 20 kishi jarohatlandi.
Mahalliy aholi Zhong Ji Mining Company faoliyatini to‘xtatilishini talab qilmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, portlash ishlari oqibatida tog‘larda chorva nobud bo‘lmoqda.
Tuman hokimiyati ta’kidlashicha, kompaniya vakillari agar portlash ishlari oqibatida chorva nobud bo‘lishi holati tasdiqlansa, egalariga moddiy zararni qoplashga tayyorligini ma’lum qildi.
Keyin ma’lum bo‘lishicha, Xitoy kompaniyasi faoliyatida ayrim qonunbuzilishlar aniqlangan.
Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish davlat qo‘mitasi rahbari Emil Osmonbetov mahalliy aholiga kompensatsiya to‘lash masalasini hal etilishi yuzasidan Zhong Ji Mining rahbariyatiga murojaat qilgandi. Kompaniya bunga rozi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi