Foto: “Zakon.kz”
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qizi Aliya Shagiyeva otasining Qo‘y-Toshdagi qarorgohida ekanligini yozib qoldirdi. Bu haqda “Zakon.kz”ga tayanib Daryo xabar berdi.
«Yuzaga kelgan vaziyatga izoh bermoqchiman:
Mening otam hech qayerga qochib ketgani yo‘q, uni qo‘lga olishgani ham yo‘q, uning xavfsiz hududda ekanligi haqidagi ma’lumotlar ham yolg‘on. U haligacha Qo‘y-Toshda.
Hech qachon siyosatga aralashmaganman va yuz berayotgan hodisalar haqida ma’lumotga ega emasman. Qo‘y-Toshdagi uyimiz atrofida vertolyotlar uchyapti. Odamlar uchun internet va aloqa uzib qo‘yilayotganini taxmin qilyapman. Telefonim ham yaxshi ishlamayapti. Menga hech kim qo‘ng‘iroq qila olmayapti. Oilam va jabrlangan insonlar uchun juda ham qo‘rqayapman. Men o‘z fuqarolik pozitsiyamni ko‘rsatdim», — deb yozadi Aliya Shagiyeva.
Bu paytda esa Atamboyevning uyi yaqinidagi qurilishda otishma boshlandi. Otishma oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi