Qirg‘iziston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Kursan Asanov hamda mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaraning videosi paydo bo‘ldi.
Kadrlardan ko‘rish mumkinki, Asanov yopiq eshik ortidan Atambayevga «barchasini tugatishni» taklif qilib, unga hech kim teginmasligini va’da beradi. «Meni otib tashlasanglar ham mayli, faqat bolalarga teginmanglar», — deya javob qaytargan sobiq prezident. O‘z navbatida vazir o‘rinbosari hech kim o‘t ochish niyatida emasligini bildirgan.
«So‘z beraman, bu Kursan Asanovning so‘zi. Hech kim ularga teginmaydi. Almaz, bilasan men doim o‘z so‘zimda turganman», — deydi Asanov.
[media=https://youtu.be/Lp2dpAzZ_vk]
Almazbek Atambayevni Bishkek yaqinidagi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyiga amalga oshirilgan uchta hujumdan keyingina qo‘lga olishdi. Birinchi hujum 7 avgust kuni boshlangan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi hujumlar 8 avgusti bo‘lib o‘tdi. So‘nggi hujumda 200 ga yaqin huquq-tartibot idoralarining xodimlari ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi