
Foto: Belarus axborot agentligi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko do‘sti va hamkasbi — Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Kurmanbek Bakiyev bilan uchrashdi.
Uchrashuvga Bakiyevning 70 yillik yubileyi sabab bo‘ldi. Lukashenko uni tabriklab, ov manzaralari aks etgan kartina, xanjar va guldasta sovg‘a qildi.
«Tavallud kuningga albatta boramiz! Palov tayyorlay olasanmi? Palov sendan, sharob bizdan!» — deya mutoyiba qildi Belarus rahbari.
«Tabrik qismi tugagach Lukashenko va Bakiyev dolzarb masalalar muhokamasiga o‘tdi», — deyiladi Belarus axborot agentligi xabarida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar