11:43 / 10.08.2019
3 849

Almazbek Atambayevning qizi: Haqiqat biz tarafda. Otam noqonuniy qo‘lga olindi (video)

Almazbek Atambayevning qizi: Haqiqat biz tarafda. Otam noqonuniy qo‘lga olindi (video)
Foto: «Kaktus»
Almazbek Atambayevning qizi Aliya Shagiyeva otasi bilan sodir bo‘lgan voqealarga munosabat bildirdi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

«Otamni go‘yo Qirg‘izistondan jinoyat olamining avtoriteti hisoblanmish Batukayevning chiqarib yuborilishiga bog‘liq ish bo‘yicha guvoh sifatida ko‘rsatma berishi uchun qo‘lga olmoqchi bo‘lishdi, biroq aslida uni muholif faoliyati uchun hibsga olishmoqchi edi. Otam Batukayev ishi bo‘yicha barcha bilganlarini OAVga aytib bergan bo‘lsada, Konstitutsiyaviy sudning so‘roq bo‘yicha qarorini kutishlarini talab qildi. Tergov organlariga barcha ma’lumotlarni yozma ravishda taqdim etishga tayyorlanayotgan edi. Biz axir Kuban Kulmatov va Sapar Isakov «guvohlik ko‘rsatmasi»ni berish uchun borib, hibsga olinganini eslaymiz. Hech qanday sudsiz, hech qanday surishtiruvsiz.

Otamning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaziyat qonuniy doiraga tushgunga qadar va Konstitutsiyaviy sud qarori chiqmagunigacha, biz o‘zimizni himoya qilish huquqiga egamiz. Shu sababli sobiq prezidentning uyiga amalga oshirilgan har qanday hujum jinoyat hisoblanadi.

Maxsus xizmat xodimlari otam har kuni o‘zini qo‘llab-quvvatlashga kelgan odamlarning oldiga chiqadigan paytda bostirib keldi. Ko‘pchilikni hujum otam bilan shunchaki rasmga tushish uchun kelgan ayollar va bolalar to‘plangan vaqtda amalga oshirilishi g‘azabga keltirdi. Ya’ni hukumat tomonidan noqonuniy hujumni uyushtirish bo‘yicha ataydan belgilangan vaqt ommaviy mojaroni keltirib chiqardi.

Bundan tashqari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi avvaliga faqat travmatik qurollardan foydalanganini aytganiga qaramay, keyin o‘nlab o‘qotar qurol va patronlar yo‘qolganini bildirdi.

Otam hibsga olinganidan keyinoq menga qo‘ng‘iroq qilib, yangi qurbonlar bo‘lmasligi uchun kuchishlatar tuzilmalarga taslim bo‘lganini aytdi. Haqiqat biz tarafda. Otam noqonuniy ravishda qo‘lga olindi! Otam — mansabidan mardlarcha ketgan halol odam. Bizga hozir juda zarur qo‘llab-quvvatlov uchun rahmat!», — deb yozadi Shagiyeva.

Моего отца пытались задержать якобы для получения свидетельских показаний по абсурдному делу по вывозу из Кыргызстана криминального авторитета Батукаева, но на самом деле его просто хотели арестовать за оппозиционную деятельность, точно так же как и многих сторонников отца. Отец ТРЕБОВАЛ, чтобы власти дождались решения Конституционного Суда по допросу, и, хотя уже рассказал все что знал по делу Батукаева СМИ, готовился предоставить полную информацию для органов следствия в письменном виде. Ведь мы помним, как шли давать “свидетельские показания” Кубан Кулматов и Сапар Исаков, которых сразу же арестовали. Без суда, без разбирательств. ⠀ Отец говорил, что до того как ситуация не войдет в правовое русло и в отсутствии решения Конституционного Суда, мы имеем право защищать себя. И любой штурм автоматически становится преступной атакой на дом экс-президента. ⠀ Спецслужбы начали штурм дома отца позавчера вечером, именно тогда, когда отец ежедневно выходит к людям на полчаса, добровольно пришедшим поддержать его. Многих возмутило, что штурм был начат в тот получасовой период, когда туда приходили женщины и дети просто сфотографироваться с отцом и потом сразу же покинуть территорию. То есть время, СПЕЦИАЛЬНО выбранное властями для незаконного штурма, уже провоцировало массовый конфликт. ⠀ Более того ГКНБ подтвердило, что они потеряли десятки единиц своего огнестрельного оружия и патронов, хотя изначально заявляли о применении только травматических ружей. ⠀ Отец позвонил мне сразу после ареста и сказал, что он сдался силовым органам с целью предотвратить появление новых жертв. Правда на нашей стороне. Отец задержан незаконно! Мой отец — честный человек, достойно покинувший пост. Благодарю за информационную поддержку, в которой мы сейчас сильно нуждаемся. Прошу репост! Спасибо! ❤️

Опубликовано Алия Шагиева Пятница, 9 августа 2019 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Almazbek Atambayevning qizi: Haqiqat biz tarafda. Otam noqonuniy qo‘lga olindi (video)