
Saudiya Arabistoni qamoqxonalarining bir guruh mahbuslari tarixda ilk marotaba Makka va Madina shaharlarida Haj amalini bajardilar, deb yozadi «Kun.uz» nashri.
Saudiya Arabistoni qirolligining jazoni ijro etish muassasalari boshqarmasi vakili xabariga ko‘ra, 50 nafar mahbus muqaddas Makka shahrida Haj amalining bir qismi hisoblanmish «shaytonni toshbo‘ron qilish» marosimida ishtirok etishdi.
Mahbus-hojilar boshqa musulmonlardan hech qanday farq qilishmadi. Ularning hammasi an’anaviy ehromga o‘ralgan holda amallarni bajarishdi. Bundan tashqari, ularni soqchilar qo‘riqlamadi, balki 30dan ortiq qarindoshi kuzatib borishdi.
Dasturdan asosiy maqsad «qamoq muddati tugashidan oldin mahbuslarni kundalik hayotga qaytishini tezlashtirish va ijtimoiylashtirish» ekani ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, Haj bugun, 14 avgust kuni yakuniga yetdi.
Qayd qilinishicha, Haj amalini ado qilib bo‘lgach, mahbuslar qamoqxonaga qaytdilar. Saudiya Arabistoni qirolligining jazoni ijro etish muassasalari boshqarmasi bunday amaliyotdan keyingi Haj mavsumida ham foydalanishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu yil 2,5 millionga yaqin musulmonlar Haj amalini ado qilishdi.
Saudiya ArabistoniHaj AmaliMahbuslarMakkaIjtimoiylashtirishAn’anaviy Ehrom O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar