
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qarorgohida maxsus jangchining o‘ldirilishida Atamboyevni yoki uning taniqli tarafdorlaridan biri emas, Norin viloyatida yashovchi shaxs ayblandi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.
Atamboyevni qo‘lga olish vaqtidagi to‘qnashuvlarda maxsus vazifalarni bajaruvchi “Alfa” otryadi komandiri o‘rinbosari Usenbek Niyazbekov Dragunov snayper miltig‘idan otib o‘ldirilgan. Endi esa manbalar Niyazbekov undan tortib olingan o‘z avtomatidan o‘ldirilganini ta’kidlashmoqda.
Bishkekda esa maxsus jangchilarda tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida faqatgina rezina o‘qlar bo‘lgani, ular umuman o‘q uzishmagani ta’kidlab kelingan.
Niyazbekovning qotilligida gumon qilingan shaxs ushlangan. Bu haqda halok bo‘lgan jangchi yaqinlari manfaatlarini bildiruvchi advokat Kayrat Zagibayev ma’lum qildi.
Zagibayevning aytishicha, gumonlanuvchining ismi hozircha ochiqlanmagan, biroq 2-3 kun ichida ma’lum qilinishi kerak.
Advokatning ta’kidlashicha, bu holat maxsus jangchining halok bo‘lishiga olib kelgan Qo‘y-Toshdagi voqealar uchun Atamboyevdan javobgarlikni olmaydi.
To‘qnashuvlar vaqtida Usenbek Niyazbekov ko‘kragidan olingan o‘qotar jarohatdan halok bo‘lgan, “Alfa”ning yana 6 xodimi Atamboyev tarafdorlari tomonidan garovga olinib, ertasi kuni qo‘yib yuborilgan.
Almazbek AtamboyevMaxsus JangchilarNorin ViloyatiBishkek ShahridaO‘zbekiston RespublikasiJangchi Halokati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar