09:09 / 15.08.2019
3 450

«Ular tugma bosib o‘tiruvchi qahramonlar». Ramzan Qodirov dushmanlari kimligini ma’lum qildi (video)

«Ular tugma bosib o‘tiruvchi qahramonlar». Ramzan Qodirov dushmanlari kimligini ma’lum qildi (video)
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Kavkaz xalqlari rus qurultoyi a’zosi Ruslan Kurbanov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida kimlarni dushman deb bilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.
Qodirov o‘zi tomonidan bildirilgan ayblovlar noto‘g‘ri talqin qilinib, Dog‘iston ahliga yo‘naltirilganini bildirdi.

«O‘zimizning buzg‘unchilar, sotqinlar, shaytonlar, ‘tugma bosib o‘tiruvchi qahramonlar’, ablahlar — men ularni shunday atayman. Dog‘iston va uning erkaklari, ayollari haqida hech narsa deganim yo‘q. Men xalqimga, birinchi navbatda otam nomiga haqoratli so‘zlarni yozgan ‘tugma bosib o‘tiruvchi qahramonlar’ haqida gapirdim. Hozir ham bemalol ta’kidlay olamanki, ular shayton, musulmon emas, imom Shomilning ortidan bormadi, ular yarim-yalang‘och ayollar bilan tushgan suratlarini tarmoqlarga joylashtiradi, ular imom Shomilning avlodi emas», — deydi Checheniston rahbari.

Avvalroq, Ramzan Qodirov imom Shomilning faoliyati XIX asrda chechen xalqining kamayishiga olib kelganini ta’kidlagan edi. Shundan so‘ng, Maxachqal’a rahbari Salmon Dadayev va sportchi Habib Nurmagomedov o‘z Instagram sahifalari orqali imom Shomilning yonini olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Ular tugma bosib o‘tiruvchi qahramonlar». Ramzan Qodirov dushmanlari kimligini ma’lum qildi (video)