Qozogʻistonda internetdagi eng chiroyli qiz tanlanadi (foto)

Qozogʻistonda internetdagi eng chiroyli qiz tanlanadi (foto)
Foto: TengriNews
Qozogʻistonda Miss Virtual Kazakhstan — 2019 goʻzallik tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi, deb xabar bermoqda Daryo.uz nashri.

Xabarda aytilishicha, ushbu tanlov Qozogʻistonda 3-marta oʻtkazilmoqda. Hozirda mamlakatning turli burchaklaridan boʻlgan mingdan ortiq qizlar ariza topshirgan.

Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun Instagramʻda surat joylab, ostiga #mvw_kz xeshtegini qoʻyishning oʻzi kifoya.

Arizalar qabul qilish 19-avgustga qadar davom etadi. Shundan soʻng butun mamlakatdagi har bir yirik shaharlarda intenet-ovoz berish orqali saralash bosqichi oʻtkaziladi.

Tanlovda istalgan qiz ishtirok etishi mumkin. Model qomati, boʻyi, oilaviy ahvoli boʻyicha hech qanday cheklovlar yoʻq. Gʻoliblarni hayʼat aʼzolari emas, internet foydalanuvchilari aniqlaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar