Tojikistonning Mastchoh tumanida ayol mijozlariga nisbatan jinsiy tajovuzda gumonlanib, ikki nafar «tabib» qo‘lga olindi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.
IIV matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan kadrlarda 35 yoshli Mirzoyusuf Nodirov yarim yalang‘och holda so‘roq qilingani tasvirlangan.
«Menga ko‘plab ruhiy nosog‘lom insonlar, yosh ayollar va erkaklar baxt va omad tumorini so‘rab murojaat qilishadi. Men Qur’on oyatlarini o‘qiganimda ular shifo topadi», — deydi Nodirov.
Syujetda ta’kidlanishicha, u o‘z tumanida istiqomat qiladigan 25 yoshli ayolga tegajog‘liq qilayotganida qo‘lga olingan. Nodirov bu orqali undagi yovuz ruhlarni quvib chiqarishni va’da bergan.
Mirzoyusuf Nodirov Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Shuningdek, 13 avgust kuni ushbu tumanda istiqomat qiluvchi «Devona» laqabli mulla Rahmatulla ham qo‘lga olingan.
«U yashirin kamera yordamida qo‘lga tushdi. Mijoz tergov bilan hamkorlik qilib, seanslardan birini kameraga yozishga rozi bo‘lgan. Videodan ko‘rish mumkin, erkak ayolning kiyimini ko‘tarib, uning tanasiga tegina boshlagan. Rahmatullo tomonlar kelishuviga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan. U jabrlanuvchiga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lagan», — deyiladi xabarda.
Iyul oxirida huquq-tartibot idoralari Vose’ tumanida ham bir mullani qo‘lga olgan edi, u bachavozlikda ayblangan.
44 yoshli Sulaymon Sa’diyev ekzorsizm bilan shug‘ullangan: u ham «jinlarni haydagan», faqat bolalardan. U yosh qizchalarni uyiga aldab olib kirib, ularga nisbatan jinsiy zo‘ravonliklar amalga oshirganini tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!