Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Uzum bayrami va Olma bayramini e’lon qilish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Unga muvofiq, Uzum bayrami har yili avgust oyining uchinchi shanba kuni, Olma bayrami sentyabr oyining uchinchi shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
«Vazirliklar, idoralar, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati davlat hokimiyati ijroiya organlari, viloyatlar, Dushanbe shahri, shahar va tumanlar ushbu bayramlar bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlasin», — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Tojikistonning turli shahar va tumanlarida qovun va asal bayramlari o‘tkazilgan. Tojikiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Dushanbe shahar hokimligi bilan birgalikda joriy yil birinchi marta 25 avgust kuni «Mehrgon» savdo markazida Qovoq bayramini o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi