Foto: ANDREW HARRER/EPA
AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha mansabdor shaxslar bilan yadro bombalarini dovullar bilan kurashishda qo‘llash imkonini o‘rganishni muhokama qilgan. Biroq buni eshitgan xodimlar hang-mang bo‘lib qolishgan. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Axios nashri xabar berdi.
Oq uy hozircha ushbu xabarga izoh bermagan.
“Dovullar Afrika sohillari yaqinida shakllanadi, ular Atlantika bo‘ylab harakatlanayotganda biz uning markaziga bomba tashlaymiz va u dovulni bartaraf etadi. Nima uchun buni qila olmaymiz?”, deb aytgan Tramp.
AQSh prezidenti shuningdek o‘z ma’muriyatining yuqori lavozimli mansabdor shaxsi bilan ham ushbu g‘oyani muhokama qilgan. Manbaning ta’kidlashicha, Tramp 2017 yilda ham dovullarni bombardimon qilish haqida gapirib o‘tgan, biroq unda “yadro” so‘zini ishlatmagan.
Mansabdorlardan biri Trampning nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlagan va bu xavotir uchun sabab emasligini, chunki prezident bu g‘oyani “falokatli dovulning materikkacha yetib kelishiga yo‘q qo‘ymaslik”ni ko‘zlab aytganini ta’kidlagan.
Nashrning xabar berishicha, ushbu g‘oya rasman qayd qilinmagan. Ta’kidlanishicha, 1950-yillardayoq prezident Duayt Eyzenxauer ma’muriyati shunday g‘oya haqida fikr yuritgan. O‘shanda bu g‘oyani hukumatga ishlovchi olim ishlab chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi