Fransiyada "Normand muzokaralari" doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida birinchi uchrashuv o‘tkaziladi.
Sentyabrda davlat va hukumat rahbarlari darajasida “Normand uchrashuvi”ni o‘tkazish rejalashtirilmoqda, bu haqda Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron G7 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Biz sentyabrda “normand” formatida davlat va hukumat rahbarlari darajasida uchrashuv o‘tkazmoqchimiz, biz buni bayonnomalashtirdik, va bu sammit yakunlari bo‘yicha chop etiladigan hujjat matnida ham bor”, - dedi Makron.
“Normand to‘rtligi” – Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha guruh. Ushbu formatga Ukraina, Germaniya, Fransiya va Rossiya kiradi.
Birinchi uchrashuv 2014 yil 6 iyunda o‘tkazildi. Minskda 2015 yil 11-12 fevralda eng uzoq davom etgan uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilish 17 soat davom etdi.
Ukrainada Pyotr Poroshenko prezident bo‘lgan vaqtda “normand to‘rtligi”ning faoliyati deyarli to‘xtab qolgandi.
Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “normand formati”da muzokara o‘tkazishni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taklif qilgandi.
Ukraina yetakchisi bu muloqotga AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va o‘sha vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Tereza Meyni taklif etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi