16:56 / 28.08.2019
3 989

Forbes Rossiyaning eng boy oilalari reytingini e’lon qildi

Forbes Rossiyaning eng boy oilalari reytingini e’lon qildi
Forbes Rossiyaning o‘nta eng boy oilalar klanlarining oltinchi yillik reytingini tuzdi. Bir yil davomida ularning umumiy boyligi 300 million dollarga ko‘payib, 25,3 milliard dollarga yetgan.

Reytingning birinchi pog‘onasini besh yildan buyon Mixail Gutseriyev klani egallab kelmoqda. Oialaning umumiy boyligi 5,65 milliard dollarga baholangan. Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, ularning o‘tgan yilgi boyligi bundan ko‘proq — 5,97 milliard dollar bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinnni Rotenberg oilasi egallagan. Ularning umumiy boyligi yil davomida 4,85 milliard dollardan 5,18 milliard dollargacha oshgan, lekin 4 yil avvalgi ko‘rsatkich — 5,55 milliard dollarga yetmagan.

To‘rtinchi o‘rindan Tatariston birinchi prezidenti Mintimer Shaymiyevning o‘g‘illari Radik va Ayrat joy olgan. Ularning boyligi yil davomida 320 million dollardan 2,8 milliard dollargacha oshgan.

Qolgan oilalar reytingda quyidagicha joylashgan: Gaponsevlar (2 milliard dollar), Yevtushenkovlar (1,94 milliard dollarov), Rahimqulovlar (1,89 milliard dollar), Linniklar (1,6 milliard dollar), Sarkisovlar (1,6 milliard dollar), Bajayevlar (1,51 milliard dollar) va Mixaylovlar (1,16 milliard dollar).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes Rossiyaning eng boy oilalari reytingini e’lon qildi