11:40 / 01.09.2019
4 312

Qozog‘istonda dahriylar soni ko‘paymoqda

Qozog‘istonda dahriylar soni ko‘paymoqda
Qozog‘istonda o‘tkazilgan tadqiqotlar mazkur mamlakatda so‘nggi 10 yilda atesitlar soni uch baravar oshganini ko‘rsatdi.

Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti Ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Alua Joldibalinaning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda Qozog‘istonda dinga ishonmaganlarning ulushi umumiy aholining 18,8 foizini tashkil etdi. Qozog‘istonliklarning 75 foizdan ko‘prog‘i o‘zlarini dindor deb biladi, lekin diniy ibodatlarni doimiy ravishda bajarmaydi va hech qanday diniy birlashmalarning faoliyatida qatnashmaydi.

Talaba Jalgas Spabekov dindor oilada o‘sgan, ammo bolaligidan o‘zini ateist deb hisoblaydi:
«Albatta, biz har hafta masjidga bormaganmiz, lekin biz har doim musulmon bayramlarini nishonlardik, ota-onamiz ro‘za tutardi. Ammo bolaligimdan men ateist bo‘lganman va buni yashirmayman.

Bizning jamiyatda ateizm uchun diskriminatsiya yo‘q, lekin ba’zilar bizga g‘azab, nafrat bilan qaraydi, ammo men bu har bir insonning shaxsiy huquqi deb hisoblayman.

Do‘stlarim orasida ichadigan, chekadigan va dahshatli ishlarni qiladigan dinga ishonadiganlar bor. Ularga qarab, o‘zingizni aldash bilan shug‘ullanmaslik kerakligini angladim. Men faqat sevgiga ishonaman, faqat o‘zimga ishonaman».


Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Din masalalari bo‘yicha ilmiy-tahliliy markazi direktori Aynur Abdirasil qizining aytishicha, bundan 10 yil oldin Qozog‘istonda aholining atigi 6 foizi ateist edi. Endi esa bu ko‘rsatkich 3 baravar oshdi.

Uning ta’kidlashicha, ba’zi odamlar noxushliklarga duch kelmaslik uchun ham o‘zlarini ateist deb ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda dahriylar soni ko‘paymoqda