Foto : Simon Dawson / PA Wire / TASS
Birlashgan Qirollik bosh vaziri Boris Jonson jamoatchilik palatasida qilgan chiqishida Brexit’ni yana kechiktirish uchun Yevroittifoqqa «yalinmasligini» ma’lum qildi.
«Deputatlar meni yana bir bema’ni kechiktirish to‘g‘risida Yevroittifoqqa yalinishga majbur qilishmoqchi», — dedi Jonson.
Jamoatchilik palatasi deputatlarining partiyalararo guruhi Jonsonga Yevroittifoqdan dastlabki kelishuvsiz chiqishni taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasini tayyorladi. Agarda bosh vazir YeI bilan 19 oktyabrgacha murosaga kela olmasa, Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish muddati 2020 yil 31 yanvarga surilishi lozim. Bu kelgusi muzokaralar uchun ko‘proq vaqt beradi. Dastlabki kelishuvsiz Brexit Britaniya iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha xavf soladi.
Brexit muddatini kechiktirish tarafdorlari orasida nafaqat muxolif Leyboristlar partiyasi, balki hukmron Konservativ partiya vakillari ham bor.
Seshanba kuni deputat Fillip Li Konservativ partiyani tark etganidan so‘ng Jonson hukumati ko‘pchilik ovozsiz qoldi. U «Liberal demokratlar» partiyasiga o‘tdi. Uning bu o‘tishidan so‘ng konservatorlar va hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi Shimoliy Irlandiya demokratik yunionistlar partiyasida ovoz berish huquqiga ega 319 deputat qoldi, muxolifatda esa 320 deputat, deb yozadi Bloomberg.
Boris Jonson deputatlarning hukumatga YeIdan kelishuvsiz chiqishni taqiqlash qarorini noto‘g‘ri deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi muzokaralarda hukumatning pozitsiyasiga putur yetkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi