21:00 / 04.09.2019
1 292

Ukraina hukumati Zelenskiyga Klichkoni Kiyev ma’muriyati rahbarligidan bo‘shatishni taklif qildi

Ukraina hukumati Zelenskiyga Klichkoni Kiyev ma’muriyati rahbarligidan bo‘shatishni taklif qildi
Foto: facebook.com/merkieva
Ukraina vazirlar mahkamasi Kiyev shahar ma’muriyati rahbari Vitaliy Klichkoni lavozimidan ozod etishni so‘radi.
"Biz Klichkoni bo‘shatish to‘g‘risida prezident ofisiga murojaat qildik", - dedi mamlakat bosh vaziri Aleksey Goncharuk.

2014 yil 25 iyunda Kiyev meri Klichko Ukrainaning beshinchi prezidenti Pyotr Poroshenkoning farmoni bilan Kiyev shahar ma’muriyati rahbari etib tayinlangandi.

Klichkoning fikricha, Kiyevda hokimiyatni bo‘lish va uni shahar ma’muriyati rahbarligidan bo‘shatish tashabbusi noqonuniy va "qo‘shhokimiyat"ni keltirib chiqaradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)