
Foto : RIA Novosti / Stringer
Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbari Andrey Bogdan sobiq prezident Pyotr Poroshenkoni uning oliy radadagi chiqishi vaqtida mazax qilib o‘tirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda minbar ortida o‘tirgan Bogdan Poroshenkoning deputatlardan daxlsizlikning olinishi mavzusidagi nutqi davomida sobiq prezidentni parodiya qilib unga o‘xshab qo‘lini yuqoriga ko‘tarishi, mazaxona tarzda kulib o‘tirishini ko‘rish mumkin.
???????????? pic.twitter.com/0aBv7z0aeo
— Team Of Zina Portnova (@portnvateam_new) September 1, 2019
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning zalda bo‘layotganlarga munosabati deb taxmin qilingan video ham e’lon qilingan.
3 sentyabrda oliy rada 2020 yil 1 yanvardan deputatlar daxlsizligini bekor qilish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar