date
views 3 330

IShID va «Tolibon»ning 150 jangarisi afg‘on harbiylariga taslim bo‘ldi

IShID va «Tolibon»ning 150 jangarisi afg‘on harbiylariga taslim bo‘ldi
Afg‘onistonning Kunar viloyatida radikal harakatlarning kamida 150 jangarisi hukumat qo‘shinlariga taslim bo‘ldi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, taslim bo‘lgan jangarilar orasida «Tolibon»ning 110 a’zosi va IShIDning 40 a’zosi bor. Jangarilar zo‘ravonlikdan voz kechib, qurol tashlab, hukumatga taslim bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, viloyat rahbariyati, xavfsizlik xizmatlari vakillari va qabilalar boshliqlari jangarilarning ushbu qarorini qutlashgan. Ular jangarilarning zo‘ravonlikdan voz kechishi yarashuv va ixtiloflarni hal qilish jarayonidagi muhim qadamligini aytib o‘tishgan.

Jangarilar yengil va og‘ir qurollarni topshirishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » IShID va «Tolibon»ning 150 jangarisi afg‘on harbiylariga taslim bo‘ldi