2 922
Kichik otning samolyotda yo‘lovchilar orasida tashilishi foydalanuvchilarni hayratlantirdi
AQShning American Airlines aviakompaniyasi reysida kichik o‘lchamli otning yo‘lovchilar orasida tashilishi internet foydalanuvchilarini ajablantirdi. Ushbu holat videosini Evan Novak ismli sayyoh e’lon qilgan.
Tvitterda joylashtirilgan videoda o‘rindiqdan otning boshi chiqib turganini ko‘rish mumkin. Ot o‘rta qatorda joylashtirish uchun kattalik qilgani sababli chekka o‘rindiqqa o‘tqazilgan.
Video foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan. “Men hayratdaman. U beozor ko‘rinmaydi. U kasal ko‘rinadi”, deb fikr bildirgan foydalanuvchilardan biri. “Agar bu chin bo‘lsa, unda bu men ko‘rgan eng g‘alati voqea. Aviakompaniyani o‘zgartirish uchun ayni muddao”, deb ajablangan yana bir foydalanuvchi. “Agar rostini aytsam, men bu ot bilan bir reysda bo‘lishni istamasdim. Xo‘sh, innankeyin-chi? Sigir yo jirafami?”, deb kinoya qilgan boshqa bir kishi.
Ta’kidlanishicha, aviakompaniya qoidalariga ko‘ra imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga ularni yetaklab yuruvchi hayvon sifatida o‘rgatilgan kichik otlarni tashishga ruxsat berilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring“At this time we would like to begin boarding with any active duty military, families traveling with children under the age of 3, and horses...” @AmericanAir @LilNasX @barstoolsports @BarstoolILLSt @realslimshanny @UNITEDA1RLINES @billyraycyrus @SouthwestAir @TSA @Kat103Omaha pic.twitter.com/qVRLCH4IFc
— Evan Nowak (@ecnowak) August 30, 2019
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi