
Foto: Reuters
AQSh «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortgani Afg‘onistondagi amerikaliklar hayotini jiddiy xavf ostida qoldiradi. «Tolibon»ning rasmiy vakili Zabihullo Mujohid AQShni shunday yo‘qotishlardan ogohlantirdi.
«Amerikaliklar muzokaralardan bosh tortishgani uchun avvalgidan ham ko‘ra ko‘proq jabr chekishadi», - deyiladi harakat tomonidan tarqatilgan bayonotda.
Zabihullo Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar shanba kuniga qadar muvaffaqiyatli kechayotgandi. 23 sentyabrga Afg‘onistonda ichki muloqot boshlanishi belgilangandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 5 sentyabr kuni Kobulda sodir etilgan va 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan (jumladan, bir nafar amerikalik harbiy) teraktdan keyin «Tolibon» harakati yetakchilari bilan o‘tkazilishi belgilangan uchrashuvni bekor qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar